Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi web-sayt - 2016

Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi web-sayt - 2016

Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi web-sayt — 2016

  • Tanlov nizomi

  • Nominatsiyalar

  • Tashkiliy qo'mita

  

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2016”
ko’rik-tanlovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom Xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv organlari va ta’lim muassasalari va o’qituvchi o’rtasida “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2016” ko’rik-tanlovi (bundan buyon matnda ko’rik-tanlov deb yuritiladi)ni tashkil etish va uni o’tkazish tartibini belgilaydi.
  2. Rasmiy nomi: “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2016” ko’rik-tanlovi.
  3. Ko’rik-tanlov tashkilotchisi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hisoblanadi.
  4. Ko’rik-tanlovni o’tkazish rasmiy veb-sayti: http://tanlov.uzedu.uz

2-bob. Ko’rik-tanlovning maqsad va vazifalari

5. Ko’rik-tanlovning maqsadi – Xalq ta’lim tizimidagi boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari va o’qituvchilarning saytlarini yaratish va targ’ibot qilish orqali ularning ijodiy faolligi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishini oshirish hamda ijobiy ishlar bilan jamoatchilikni tanishtirishdan iborat.

6. Ko’rik-tanlov vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy AKTni keng joriy etish;

tizimdagi ta’lim muassasalarning saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish, fuqarolarga interaktiv xizmatlar ko’rsatishni kengaytirish;

ta’lim muassasasi veb-saytlarini maktab, ota-ona va bolalar, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muloqot shakli tarzida shakllantirish;

o’qituvchilarning ta’lim berish jarayonida AKT vositalaridan foydalanish bo’yicha mustaqil malaka oshirishlariga qiziqish uyg’otish va o’z ustida ijodiy ishlashga jalb etish;

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining internet tarmog’idagi faoliyatiga jamoatchilik e’tiborini qaratish.

 

3-bob. Talabnomalarni qabul qilish tartibi

7. Ko’rik-tanlovda UZ domen zonasida ro’yxatdan o’tgan, veb-sayt xostingi O’zbekistonda bo’lgan saytlar ishtirok etishlari mumkin.

Ko’rik-tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar “Xalq ta’limi tizimidagi ko’rik-tanlovlarni o’tkazish dasturi” http://tanlov.uzedu.uz tizimi orqali qabul qilinadi va ro’yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun http://xt.uzedu.uz tizimidan ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Ko’rik-tanlovda qaysi nominatsiya bo’yicha ishtirok etishdan qat’iy nazar, belgilangan shakllarga tegishli ma’lumotlarni to’liq kiritish lozim.

8. “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyada talabnoma quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim:

muassasa raqami (maktab yoki boshqa) va uning nomi;

hudud, tuman (shahar) ko’rsatilgan pochta manzili;

muassasa saytining veb-manzili;

muassasa rahbarining F.I.SH.;

mas’ul shaxsning F.I.SH;

telefon raqami (kodi bilan);

elektron manzili (e-mail).

9. “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” nominatsiyasida talabnoma quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim:

ishtirokchining F.I.SH.;

talabnoma bergan ishtirokchi ishlaydigan muassasaning raqami (nomi);

yashash manzili;

telefon raqami (kodi bilan);

elektron manzili (e-mail);

saytning veb-manzili.

10. “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti” nominatsiyada ishtirok etish uchun talabnomada quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi lozim:

Tashkilot (muassasa) nomi;

hudud, tuman (shahar) ko’rsatilgan pochta manzili;

tashkilot saytining veb-manzili;

tashkilot rahbarining F.I.SH.;

mas’ul shaxsning F.I.SH;

telefon raqami (kodi bilan);

elektron manzili (e-mail);

4-bob. Hakamlar hay’ati

11. Ko’rik-tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning veb-saytlarini baholash uchun Tashkiliy qo’mita tomonidan Xalq ta’limi tizimidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar, veb-texnologiyalar bo’yicha ekspert-mutaxassislardan tarkib topgan Hakamlar hay’ati va ekspertlar guruhi tuziladi.

5-bob. Ko’rik-tanlovni o’tkazish tartibi

Ko’rik-tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya bo’yicha o’tkaziladi:

1-nominatsiya – eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti;

umumiy o’rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o’smirlar sport maktablarining veb-saytlari o’rtasida;

2-nominatsiya – eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti;

umumiy o’rta ta’lim, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o’smirlar sport maktablari o’qituvchilarining veb-saytlari o’rtasida;

3-nominatsiya – xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti;

Xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (“Barkamol avlod” bolalar markazlari, Axborot resurs markazlari), xalq ta’limi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari o’rtasida o’tkaziladi.

Mazkur tadbirni o’tkazishga Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi mas’ul bo’lganligi sababli Markazning ko’rik-tanlovda ishtirok etish maqsadga muvofiq emas.

Shuningdek, veb-saytlar ko’lamini kengaytirish va ommaviylikni oshirish maqsadida oxirgi uch yil davomida o’tkazilgan “Eng yaxshi veb-sayt” ko’rik-tanlovida sovrinli o’rin egallagan nomzodlar ishtirok etmasligi lozim.

Ko’rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2016 yilning 23 martidan 12 apreliga qadar qabul qilinadi;

1-bosqich: Kelib tushgan talabnomalardagi veb-saytlar dastlab hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organi (Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari)da tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan 2016 yilning 13 aprelidan 23 apreliga qadar ko’rik-tanlov sayti orqali baholanadi.

Hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organining hakamlar hay’ati tarkibi ko’rik-tanlovni o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mitasi raisi bilan kelishiladi va tasdiqlanadi.

Hududiy hakamlar hay’atining “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” hamda “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti” nominatsiyalari bo’yicha baholash natijalariga muvofiq eng yuqori ball olgan 10 (o’nta) veb-saytlar ikkinchi bosqichda ishtirok etadi.

2-bosqich: Ekspertlar guruhi tomonidan hududiy g’oliblar (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” va “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti”) hamda “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti” nominatsiyalari bo’yicha kelib tushgan veb-saytlar baholanadi va har bir nominatsiya bo’yicha 10 tadan laureat aniqlanadi. Mazkur baholash 2016 yil 25 apreldan 7 maygacha amalga oshiriladi.

3-bosqich: Yakuniy bosqichda ekspertlar guruhi tomonidan baholangan va yakuniy bosqichga tavsiya etilgan 4 ta nominatsiya bo’yicha 10 tadan laureat veb-saytlar respublika hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar bo’yicha 2016 yil 10 maydan 16 mayga qadar baholanadi va g’oliblar aniqlanadi.

Ko’rik-tanlov natijalari bo’yicha ma’lumotlar va o’tkazish muddatlari tanlov.uzedu.uz veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Baholash tuzilmasi:

 

6-bob. Saytlarni baholash mezonlari

12. Ko’rik-tanlovga taqdim etilgan veb-saytlar quyidagi baholash mezonlariga muvofiq baholanadi:

veb-saytning dizayni;

veb-saytning mazmuniy boyligi, aktualligi;

veb-saytning funktsionalligi va uning ishlatishdagi qulayligi;

veb-saytning pedagogik ahamiyati (saytdagi uslubiy ish);

interaktivlik va qayta aloqa;

bajarilishining sifati;

umumiy taassurot.

Shuningdek, “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti” nominatsiyasi bo’yicha ko’rik-tanlovda ishtirok etayotgan veb-saytlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlarining rasmiy veb-saytiga qo’yiladigan asosiy talablar”ga muvofiqligi ham o’rganiladi va baholanadi.

Ko’rik tanlovning 2- va 3-bosqichlarida tashkiliy qo’mita va ekspert guruhi tomonidan baholash mezonlariga o’zgartirish va qo’shimcha kiritilishi mumkin.

7-bob. G’oliblarni taqdirlash

13. Ko’rik-tanlov g’oliblari va sovrindorlari har bir nominatsiya bo’yicha qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar.

Ko’rik-tanlovning “Eng yaxshi o’qituvchi veb-sayti nominatsiyalari bo’yicha sovg’alar va diplomlar bevosita o’qituvchiga, “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti” hamda “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyalar bo’yicha sovg’a va diplomlar g’olib bo’lgan tashkilot (muassasa) rahbari yoki ishonchli vakiliga topshiriladi.

Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar ko’rik-tanlovning hamkorlari bo’lishlari va qo’shimcha nominatsiyalar ta’sis etishlari mumkin. Takliflar uchun elektron pochta manzili: tanlov@xtv.uz.

 

8-bob. Yakuniy qoidalar

14. Zarur hollarda mazkur Nizomga o’rnatilgan tartibda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi mumkin.

Tegishli o’zgartirishlar kiritish bo’yicha ma’lumotlar ko’rik-tanlovning maxsus saytida yoritib boriladi.

Manba: uzedu.uz
Kiritilgan vaqt: 23.03.2016

1-nominatsiya - “Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti”. Umumiy o‘rta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va o‘smirlar sport maktablarining veb-saytlari o‘rtasida;
Nominatsiyada talabnoma quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
muassasa raqami (maktab yoki boshqa) va uning nomi;
hudud, tuman (shahar) ko‘rsatilgan pochta manzili;
muassasa saytining veb-manzili;
muassasa rahbarining F.I.Sh.;
mas'ul shaxsning F.I.Sh;
telefon raqami;
elektron manzili (e-mail);
saytning veb-manzili.

2-nominatsiya “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti”. Umumiy o‘rta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘qituvchilarining veb-saytlari o‘rtasida;
Nominatsiyada talabnoma quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
ishtirokchining F.I.Sh.;
talabnoma bergan ishtirokchi o‘qiydigan yoki ishlaydigan muassasaning raqami (nomi);
yashash manzili;
telefon raqami;
elektron manzili (e-mail);
saytning veb-manzili.

4-nominatsiya “Eng yaxshi tashkilot(muassasa) veb-sayti”. Xalq ta'limi tizimidagi boshqaruv organlari (viloyat xalq ta'limi boshqarmalari, tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlari) va ular tassarufidagi tashkilotlar (Barkamol avlod markazlari, Axborot resurs markazlari), pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, davlat pedagogika institutlari va respublika tashkilotlarining veb-saytlari o‘rtasida.
Nominatsiyada talabnoma quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
Tashkilot (muassasa) nomi;
hudud, tuman (shahar) ko‘rsatilgan pochta manzili;
tashkilot saytining veb-manzili;
tashkilot rahbarining F.I.Sh.;
mas'ul shaxsning F.I.Sh;
telefon raqami;
elektron manzili (e-mail);
saytning veb-manzili.?

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2016”
ko’rik-tanlovini o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita
TARKIBI
SH.Ergashev – Umumta’lim maktablarida o’quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’i, rais;
A.Xundibaev – Ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi boshlig’i, rais o’rinbosari;
J.Kamolov – Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, a’zo;
K.Gafurov – Mul’timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi direktori, a’zo;
H.Samandarov – Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi bosh nazoratchisi, a’zo.
U.Taylakov – “ZiyoNET” resurs markazining Xalq ta’limi vazirligidagi bo’limi boshlig’i, a’zo;
B.Boltaev – Respublika ta’lim markazining Ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi boshlig’i v.b., a’zo.

Izoh: Mazkur xodimlarning ish joyi va lavozimi o’zgarganida uning o’rniga tayinlangan xodim uning vazifasini bajaradi.

 

 

Close