Ko'p beriladigan savollar

Savollar

  • Qanday ixtisoslashgan maktabgacha ta'lim muassasalari bor? Farzandimni bunday muassasaga joylashtirish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
    Ayni paytda Respublikamizda 5 ta turdagi (nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun, eshitishda og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun, ko'rishda og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun, psixik nuqsonli (psixik rivojlanishda kechikish, aqli zaif) bolalar uchun, tayanch-harakatlanish apparatida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun) maxsus hamda 2 ta turdagi sanator (gepatit kasalligi bilan og'rigan bolalar uchun, sil indeksasiyasi aniqlangan bolalar uchun) maktabgacha ta'lim muassasalari mavjud. Bu muassasalarga farzandingizni joylash uchun yashash manzilingiz bo'yicha oilaviy shifoxonalarga murojaat qilishingiz lozim.
    Maxsus maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilish tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning xulosasida belgilanadi.
    Komissiya xulosasini olish uchun ota-onalar (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
    bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (ikki nusxada);
    bolaning otasi yoki onasining (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) pasporti nusxasi (ikki nusxada);
    yashash joyidagi psixonevrolog, defektolog, otorinolaringolog, ortoped, okulist shifokorlarning bola nutqidagi nuqsoni, uning eshitish va ko'rish, tayanch – harakatlanish a'zosidagi nuqsonlari bo'yicha qo'yilgan tashxislari (asli va nusxasi);
    bola umumiy tipdagi muassasaga qatnagan bo'lsa, uning jismoniy yoki aqliy rivojlanishiga berilgan, muassasa mudirining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma (asli va nusxasi).
    Komissiyaga yuborilayotgan bolalarga yashash joyidagi shifokor (tor mutaxassislar)lar tomonidan qo'yilgan tashxis shifoxona bosh shifokori (u bo'lmagan hollarda uning o'rinbosari)ning imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo'lishi shart.
  • Kim maktabgacha ta'lim muassasalari uchun badal pulini to'lamaydi? Yoki qanday oilalarga to'lov bo'yicha chegirmalar bor?
    Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota-onalardan badal to'lovlari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008 yilning 13 fevral? kuni 1768-raqami bilan ro'yxatdan o'tgan “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to'lash tartibi to'g'risida” gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Unga ko'ra, maktabgacha ta'lim muassasasiga bitta farzandi qatnaydigan ota-onalar eng kam oylik maoshning 100 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq farzandlari qatnovchi ota-onalar eng kam oylik maoshning 71 foizi miqdorida badal puli to'laydilar. 

    Mazkur Nizomning IV bo'lim, 26-bandiga binoan maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlarda bolalar ta'minoti uchun to'lovlardan kam ta'minlangan oilalarning bolalari qonun hujjatlariga muvofiq ushbu muassasalarda (internatlarda)gi ularning umumiy conidan
    15 foizi doirasida ozod qilinadi. Bunda ota-onalari (bittasi yoki ikkalasi) I yoki II guruh nogironlari bo'lgan kam ta'minlangan oilalarning bolalari, birinchi navbatda to'lovlardan ozod qilinadi.

  • Umumiy o'rta ta'lim maktablarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro nazoratini yuritish vazifasi yuklatilgan xodimning oylik maoshiga (u shu vazifani bajargani uchun) direktor jamg'armasidan ustama haq to'lash mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa, qaysi huquqiy hujjatga asoslanadi?
    Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida”gi 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasi to'g'risida”gi nizomning 3-bandiga asosan direktor jamg'armasi mablag'lari hisobidan ustama haq umumta'lim maktablarining faqat o'rnak ko'rsatgan o'qituvchilariga to'lanadi.
  • Tarif bo'yicha ingliz tili darslari sinfni ikki guruhga bo'lib o'tiladi. Ikkinchi guruh o'qituvchisi betob bo'lib qolsa yoki boshqa mutaxassis yo'q bo'lsa, har ikki guruhga ham bir o'qituvchi dars o'tishiga to'g'ri keladi. Shunday hollarda qo'shib o'tilgan darslar uchun o'qituvchining oylik maoshiga qo'shimcha pul to'lanadimi?
    Amaldagi qonunchilikka ko'ra, qo'shib o'tilgan darslar uchun o'qituvchining oylik maoshiga qo'shimcha haq to'lanmaydi.
  • Ingliz tili o'qituvchisi o'zi ishlaydigan maktabda soatbay dars bersa, unga oylik maosh qanday tartibda to'lanadi?
    Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to'g'risida”gi 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga asosan ingliz tili o'qituvchisi o'zi ishlaydigan maktabda soatbay dars bersa, unga oylik maosh soatbay tarzda to'lanadi.
  • Distinctio ratione dictumst repudiandae magnis delectus cillum, itaque nulla, massa rhoncus tellusIngliz tilidan ikkita maktabda dars beradigan o'qituvchilarga Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga asosan belgilangan ustama ikkinchi maktabdan ham to'lanadimi?
    Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 sentyabrdagi “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash shartlarini tartibga solish to'g'risida”gi 490-sonli qaroriga muvofiq chet tili o'qituvchilarining maoshiga har oylik ustamalar tayinlash tartibi va shartlariga asosan ingliz tilidan ikkita maktabda dars beradigan o'qituvchilarga belgilangan ustama ikkinchi maktabdan ham to'lanishiga ruxsat beriladi.
  • Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining farqi nimada?
    Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning ta'minoti davlat byudjetlari mablag'lari tomonidan amalga oshiriladi, nodavlat ta'lim muassasalarida esa sarf-harajatlar muassis tomonidan amalga oshiriladi.

    Davlat va nodavlat ta'lim muassasalari bolalarga ta'lim-tarbiya berishda bir xil maqsad va vazifalarni bajaradi, ya'ni:bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;

    bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimiga qiziqishlarini rivojlantirish;

    bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;

    bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

    bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

    bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash.

  • Umumta'lim maktablarida ikkinchi sinfdan boshlab, o'quvchilarga darsliklar ijara asosida beriladi. Biroq, negadir ijara bahosi har joyda har xil. Buning boisi nimada? Ijaraning aniq tariflari belgilanganmi?
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi PQ-362-son “Umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq:

    O'quvchilarga Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ijara tizimida foydalanish uchun tavsiya etilgan darsliklar ijaraga beriladi. Darsliklar to'plami uchun sinflar va ta'lim tillari kesimida ijara to'lovi respublika bo'yicha yagona bo'ladi, uning miqdori va to'lash shakli Jamg'arma Vasiylik kengashi tomonidan o'rnatiladi va 25 avgustdan kechiktirmagan holda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.(Joriy yilda “Ma'rifat” gazetasining 2013 yil 1 sentyabrdagi 70(8615)-sonida e'lon qilingan) Darsliklarning to'plami uchun ijara to'lovi miqdori tegishli miqdordagi darsliklar va O'MQlarni kelgusida xarid qilish va etkazib berish uchun zarur bo'ladigan mablag'larning istiqbol hajmi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda olinadigan va amalga oshiriladigan Jamg'armaning istiqbol daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

  • Maktabda o'qituvchi bo'lib ishlayman. Mehnat ta'tili haqini hisoblashda ustama va daftar tekshirish to'lovlari ham hisobga olinadimi?
    Xalq ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 148-moddasiga muvofiq yillik ta'tillar davri uchun xodimga o'rtacha ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lash kafolatlanadi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “O'rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi”ga asosan, o'rtacha oylik ish haqiga ishbay asosida ishlab topilgan qo'shimcha ish haqi, mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, ish haqiga qo'shimcha haqlar va ijtimoiy sug'urta bo'yicha badallar hisoblanadigan boshqa to'lovlar kiritilgan.

    Shunga asosan, o'qituvchilarga mehnat ta'tili haqini hisoblashda ustama, sinf rahbarligi uchun to'lov, daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun to'lovlar kiritiladi.

  • 1-sinf o'quvchilari uchun darsliklar sovg'a tariqasida tarqatiladimi? Uni yil oxirida qaytarish shartmi?
    Umumta'lim maktablarining 1-sinf o'quvchilari uchun darsliklar har yili yangidan chop etiladi hamda mazkur darsliklardan o'quvchilar bepul foydalanadilar. Shuningdek, “Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risida”gi Nizomning 35-bandiga asosano'quvchi va o'qituvchilarga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar va O'MQlar o'quv yili yakunida to'liq hajmda umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasiga qaytariladi, birinchi sinf o'quvchilariga berilgan ish daftarlari bundan mustasno.
  • Umumta'lim maktablarida pul yig'ish mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa, unda ota-onalardan yig'iladigan pulning muayyan miqdori belgilanganmi?
    Umumta'lim maktablarida ota-onalardan ham pul yig'ish man etiladi. Ota-onalar tomonidan tayinlangan Vasiylik kengashi o'zaro kelishgan holda umumta'lim maktabiga ixtiyoriy moliyaviy yordam ko'rsatishlari mumkin. Biroq, bu yordam faqatgina ota-onalarning shaxsiy tashabbuslari bilan ixtiyoriy tarzda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, vasiylik kengashi ota-onalar, homiylar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko'rsatilayotgan mehr-muruvvat sifatidagi homiylik yordamlari (pul ko'rinishida)ni belgilangan tartibda muassasaning bankdagi hisob raqamiga, tovar moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobotiga kirim qilinishini nazorat qiladi.
  • Umumta'lim maktabida rahbarlik lavozimida ishlab turib, o'z mutaxassisligi bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini olib borgan pedagoglarga mehnat ta'tiliga chiqqanida dars soatlari uchun haq to'lanadimi?
    Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risida nizom”ning 14-bandiga muvofiq xalq ta'limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o'qituvchi lavozimi bilan qo'shib olib borilishiga (o'quv yuklamasi yuritilishiga) yo'l qo'yiladi.Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2013 yil 31 dekabrdagi 59-qq, 45, 89-q/q-sonli “O'quv mashg'ulotlarini o'tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to'lash miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga (Adliya vazirligida 2013 yil 10 yanvarda 2554-son bilan ro'yxatga olingan) muvofiq soatbay haq to'lash miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi kiritilganligi sababli, soatbay asosda o'tilgan darslar uchun alohida mehnat ta'tili puli to'lanmaydi.

 

 

Close