Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi

Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi

Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi

“Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovini tashkil
etish va o'tkazish to'g'risida
NIZOM

Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilari o'rtasida har bir fan yo'nalishida “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar
Yuqori malakali pedagoglarni aniqlash va rag'batlantirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, ta'lim va tarbiya sohasidagi innovasiya texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog'lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish,umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi o'qituvchilarning kasbiy o'sishi va mahorati oshishini rag'batlantirish ko'rik-tanlovni o'tkazishning maqsadi hisoblanadi.
Ko'rik-tanlovning asosiy vazifasi:
umumiy o'rta ta'lim maktablarining pedagoglari orasidan fanlar bo'yicha ilg'or, tashabbuskor va ijodkor o'qituvchilarni aniqlash;
ulardagi ijodiy qobiliyatlarni, kasbiy mahoratining ruyobga chiqishiga ko'maklashish, qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;
aniqlangan ilg'or tajribalarni ommalashtirish va keng targ'ib etish, ularning o'z metodik maktabini yaratishga yo'naltirish;
umumiy o'rta ta'lim maktablarida har bir fandan dars berayotgan o'qituvchilar orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bo'lgan, o'z fanining, mutaxassisligining haqiqiy egalarini saralab olish;
ta'lim-tarbiya jarayonida samara beradigan muqobil metodlarni hamda texnologiyalarni aniqlash;
pedagoglarning ijodiy faolligini oshirish;
o'qituvchi-ustozning yuksak ma'naviyati, ma'naviy-axloqiy fazilatlari hamda uning tashabbuskor va ijodkorligini keng jamoatchilik orasida targ'ib qilish.
Ko'rik-tanlov asosan ochiq- oydin, ishtirokchiga qo'yiladigan ballarni birgalikda muhokama etish va qarorni birgalikda qabul qilish, hamda ishtirokchilarga qo'yiladigan talab va yaratilgan sharoit bir xillik tamoyilda tashkil etiladi.

II. Ko'rik-tanlovni o'tkazish tartibi
4. Ko'rik-tanlov o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchilari o'rtasida (umumiy o'rta ta'lim maktablarning o'quv rejasidagi) fanlar kesimida o'tkaziladi.
5. Ko'rik-tanlov 4 bosqichda o'tkaziladi:
a) 1-bosqich – umumiy o'rta ta'lim maktablarida;
b) 2-bosqich -tuman (shahar) miqyosida;
v) 3-bosqich – viloyat miqyosida, shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida;
g) 4-bosqich – respublika miqyosida.
6. Ko'rik-tanlovning birinchi (maktab) bosqichida oliy ma'lumotli kamida besh yil (so'ngi uch yil uzluksiz umumta'lim maktabida ishlagan bo'lishi shart) pedagogik ish tajribasiga ega bo'lgan oliy, birinchi, ikkinchi toifali o'qituvchilar ishtirok etadi. Navbatdagi bosqichlarda faqat 1-o'rinni egallab, g'olib bo'lgan o'qituvchilar qatnashadi.
G'oliblar (1-, 2-, 3-o'rin) 76-100 ball to'plagan o'qituvchilar orasidan aniqlanadi.
7. Viloyat, Respublika tasarrufidagi maktablarning o'qituvchilari tuman (shahar) bosqichida qatnashmasdan to'g'ridan-to'g'ri joylashgan hududida 3-bosqichda ishtirok etadi.
8. Ko'rik-tanlovning har bir bosqichida g'oliblar fanlar bo'yicha alohida-alohida aniqlanadi.

III. Ko'rik-tanlovning birinchi bosqichini o'tkazish tartibi
9. Ko'rik-tanlovning birinchi (umumiy o'rta ta'lim maktabi) bosqichini o'tkazish mas'uliyati umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori zimmasiga yuklanadi.
10. Birinchi bosqich ishtirokchilari uchun topshiriqlar umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori buyrug'i bilan tashkil etilgan tashkiliy qo'mita tomonidan tayyorlanadi.
11. Ko'rik-tanlovning birinchi bosqichida har bir belgilangan fandan maktabdagi (metod birlashma xulosasi asosida) o'qituvchilar ishtirok etishi mumkin.
12. Ko'rik-tanlovning umumiy o'rta ta'lim maktab bosqichiga nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
ishtirokchining arizasi;
metodik portfolio;
Ochiq dars mavzusi, sinfi, fani ko'rsatilgan buyurtmasi va dars ishlanmasi.
13. Ko'rik-tanlovning maktab bosqichida har bir fandan g'oliblar aniqlanadi, dastlabki bosqich natijalari Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga keyingi bosqichda qatnashish uchun umumiy buyurtma va hujjatlar xamda tashkiliy qo'mita qarori bilan yuboriladi.

IV. Ko'rik-tanlovning ikkinchi (tuman) bosqichini o'tkazish tartibi
14. Ko'rik-tanlovning ikkinchi (tuman) bosqichini o'tkazish mas'uliyati Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi mudirlari zimmasiga yuklanadi.
15. Ikkinchi bosqich ishtirokchilari uchun topshiriqlar Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tashkiliy qo'mitasi tomonidan tayyorlanadi.
16. Ko'rik-tanlovning ikkinchi bosqichida har bir maktabdan belgilangan fanlardan 76 baldan yuqori ball to'plagan bir nafardan o'qituvchilar ishtirok etishi mumkin.
17. Ko'rik-tanlovning tuman bosqichiga nomzodlar belgilangan muddatda quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
ta'lim muassasasida o'tkazilgan ko'rik-tanlov natijasi bo'yicha tashkiliy ko'mita bayonnomasi;
o'qituvchining faoliyati haqida ma'lumot;
ishtirokchining arizasi;
innovasion pedagogik loyiha.
18. Ko'rik-tanlovning tuman bosqichida har bir fandan 1-, 2-, 3-o'rin g'oliblari aniqlanadi, natijalari Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi kengashida muhokama qilinadi va o'tkazilgan fanlardan 1-o'rinni egallagan g'oliblarni navbatdagi (viloyat) bosqichida qatnashishi to'g'risida qaror qabul qilinadi.
Tumandan yalpi buyurtma, hakamlar hay'ati qarori bilan tasdiqlangan har bir fandan 1-o'rinni egallagan g'olibning hujjatlari ijodiy ishlari bilan birga viloyat tashkiliy qo'mitasiga topshiriladi.

V. Ko'rik-tanlovning uchinchi bosqichini o'tkazish tartibi
19. Ko'rik-tanlovning uchinchi (viloyat) bosqichini o'tkazish mas'uliyati Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
20. Ko'rik-tanlovning o'tkazish vaqti, joyi, tashkiliy qo'mita tarkibi Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari buyrug'i bilan, fanlar kesimida hakamlar hay'ati, ekspert komissiyasi tarkibi tashkiliy qo'mitaning qaroriga asosan tasdiqlanadi.
21. Ko'rik-tanlovning uchinchi bosqichida har bir fandan 1-, 2-, 3-o'rin g'oliblari aniqlanadi. Ko'rik-tanlov natijalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari yig'ilishida muhokama qilinadi. O'tkazilgan fanlardan 1-o'rinni egallagan g'oliblar to'g'risidagi qaror, tavsiya etuvchi buyruq va boshqa hujjatlar Respublika tashkiliy qo'mitasiga taqdim etiladi (barcha hujjatlar va materiallarning elektron varianti ham topshirilishi lozim).

VI. Ko'rik-tanlovning to'rtinchi bosqichini o'tkazish tartibi
22. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari ko'rik-tanlovning uchinchi bosqichida fanlar bo'yicha g'olib bo'lgan o'qituvchilarni respublika bosqichiga tayyorlash maqsadida barcha tashkiliy choralarni ko'radi.
23. Ko'rik-tanlovning uchinchi bosqichida fanlar bo'yicha 1-o'rinni egallagan o'qituvchilar respublika bosqichida ishtirok etadi.
24. Ko'rik-tanlovning respublika bosqichidagi topshiriqlar O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Respublika ta'lim markazi tomonidan malakali mutaxassislar jalb qilinib, ko'p variantlilik asosida maxfiyligi ta'minlangan holda tayyorlanadi.
25. Ko'rik-tanlovning mazkur bosqichida respublika bo'yicha “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” aniqlanadi va boshqa ishtirokchilarga erishgan natijalariga ko'ra “faol ishtirokchi” diplomlari beriladi.

VII. Ko'rik-tanlov ishtirokchisi
32. Ko'rik-tanlovga umumiy o'rta ta'lim maktablarining kamida besh yillik pedagogik stajga ega bo'lgan oliy, birinchi va ikkinchi toifali fan o'qituvchilari qatnashishi mumkin.
33. Ko'rik-tanlov bosqichlarida ishtirok etish uchun Nizomda ko'rsatilgan tartibda va belgilangan muddatda hujjatlarni tashkiliy qo'mitaga topshirgan umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilaridan ko'rik-tanlov ishtirokchilari ro'yhati shakllantiriladi.
34. Ko'rik-tanlov jarayonida topshiriqlarni bajarishga, komp?yuter texnikasidan foydalanishda ishtirokchi o'z o'quvchilarini, kasbdoshlarini jalb qilishi mumkin emas.
35. Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar hamda Nizomda keltirilgan tartibda rasmiylashtirilmagan hujjatlar ko'rib chiqilmaydi.
36. Ko'rik-tanlovni o'tkazish jarayonida Nizomda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagan ishtirokchilar hakamlar hay'ati qarori bilan tanlovdan chetlashtiriladi. Bu haqda tuzilgan dalolatnoma hakamlar hay'ati raisi va a'zolari tomonidan imzolanadi.
37. Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida qatnashgan o'qituvchilar mutaxassislik fanidan qat'iy nazar 5 yildan so'ng mazkur ko'rik-tanlovda qaytadan ishtirok etishi mumkin.

VIII. Tashkiliy qo'mita va uning vazifalari
38. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari, Tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi, ta'lim muassasalari rahbariyati tashkiliy qo'mita a'zolarini alohida buyruq bilan rasmiylashtiradi.
39. Ko'rik-tanlovning barcha bosqichlarida tashkiliy qo'mita, hakamlar hay'ati va ekspert komissiyasi a'zolarining yaqin qarindoshlari yoki ishlaydigan maktabi (tumani)dan o'qituvchilar ishtirok etayotgan bo'lsa, ushbu shaxslar tashkiliy qo'mita qarori asosida tashkiliy qo'mita, hakamlar hay'ati yoki ekspert a'zolari tarkibidan chiqariladi.
40. Quyidagilar tashkiliy qo'mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ko'rik-tanlovni o'tkazish muddatlarini belgilash;
ko'rik-tanlovni yuqori darajada o'tkazish uchun hakamlar hay'ati, sanoq komissiyasi hamda apellyasiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash, sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etish;
turli bahs-munozarali vaziyatlarga oydinlik kiritish;
ko'rik-tanlov hujjatlariini rasmiylashtirish;
ko'rik-tanlov doirasida o'tkaziladigan tadbirlarni yoritib borish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb etish.
41. Tashkiliy qo'mita qarori a'zolarning oddiy ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo'lganda, Tashkiliy qo'mita raisining (u bo'lmaganda rais o'rinbosarining) ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

IX. Hakamlar hay'ati va ekspert komissiyasi
42. Ko'rik-tanlovning bosqichlarini o'tkazish uchun har bir fandan ilg'or o'qituvchilar, metodistlardan iborat hakamlar hay'ati komissiyasi tarkibi tuziladi hamda tashkiliy qo'mita tomonidan tasdiqlanadi.
43. Hakamlar hay'ati ishtirokchilarning amaliy mashg'ulotlarini, savodxonligini, taqdimotlarini adolatli baholaydi, baholash mezoni asosida ekspert guruhi xulosalarini va g'oliblarning yakuniy bosqichda olgan baholarini umumlashtirgan holda ko'rik-tanlov g'oliblarini aniqlab beradi.
44. Hakamlar hay'ati a'zolarining xulosalari qaror bilan rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilar faoliyatini baholashda har bir hakam o'z balini qo'yadi va sanoq komissiyasiga beradi. Sanoq komissiyasi ballarni umumlashtirib, o'rtacha balni chiqaradi va natijasini e'lon qiladi. Sanoq komissiyasi hakamlar hay'ati a'zolari o'rtasida qur'a tashlash yo'li bilan belgilanadi.

X. Apellyasiya komissiyasi
45. Ko'rik-tanlov ishtirokchilari tomonidan bildirilgan og'zaki yoki yozma ariza va e'tirozlar joyida faqat apellyasiya beruvchi o'qituvchi ishtirokida (boshqalarning bu jarayonga aralashishi mumkin emas) komissiya a'zolari tomonidan ko'rik-tanlov o'tkazilgan kunning o'zida ko'rib chiqiladi hamda xulosalar rasmiylashtiriladi.

XI. Ko'rik-tanlov g'oliblarini taqdirlash
46. Birinchi (maktab) bosqichida har bir fandan 1-o'rinni egallagan o'qituvchi homiylarni jalb etgan holda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
47. Ikkinchi (tuman) va uchinchi (viloyat) bosqichlarida har bir fandan 1-, 2-, 3-o'rinlarni egallagan o'qituvchilar homiylarni jalb etgan holda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
48. To'rtinchi (respublika) bosqichida har bir fandan 1-o'rinni egallagan o'qituvchilarga o'rnatilgan tartibda Xalq ta'limi vazirligining “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” I-darajali diplomi, “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni, ”Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” kubogi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
49. Respublika bosqichida har bir fandan 2-, 3-o'rinlarni egallagan o'qituvchilar Xalq ta'limi vazirligining “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” II-, III-darajali diplomi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
50. Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan o'qituvchilar ish tajribalari Respublika, viloyat miqyosida ommalashtiriladi, dars ishlanmalari to'plam sifatida chop etiladi, o'qituvchilar ishtirokida seminarlar tashkil etiladi.
51. Ko'rik-tanlov g'oliblari Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.
52. Ko'rik-tanlov shartlari, uning o'tkazilish jarayoni va natijalari to'g'risidagi axborotlar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytida berib boriladi.

XII. Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari uchun
talab etiladigan hujjatlar
53. Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlari tomonidan ko'rik-tanlovning Respublika bosqichi ishtirokchilari haqida quyidagi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilishi shart:
Viloyat tashkiliy qo'mitasining yig'ilish bayonnomasidan ko'chirma;
ishtirokchining arizasi, o'zi haqida ma'lumotnoma (ob'ektivka, INN, INP, pasport nusxasi);
ishtirokchi haqida axborot xaritasi (ilova qilinadi);
ishtirokchining sirtqi tur uchun tayyorlagan “Internet-manba”ni elektron manzili ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarida ko'rsatilishi lozim.
54. Belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan, belgilangan talablarga rioya qilinmagan materiallar ko'rib chiqilmaydi va ishtirokchi Respublika bosqichiga qo'yilmaydi.
Hujjatlar qog'oz va elektron shaklda taqdim etilishi lozim, respublika bosqichiga taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.
Ishtirokchining axborot xaritasi
Familiyasi, ismi, sharifi(to'liq)_____________________________________________________
Ish joyi_________________________________________________________________________
Pedagogik staji, qachondan beri ushbu fandan dars berishi______________________________
“Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovida oxirgi marta qachon ishtirok etgan_____________________________________________________________________________
Tug'ilgan yili,oyi, kuni ___________________________________________________________
Tug'ilgan joyi____________________________________________________________________
Mutaxassisligi (qachon, qaerda va qaysi oliy o'quv yurtini tugallagan, yili va fakul?tet nomini yozish) ___________________________________________________________________________
Toifasi __________________________________________________________________________
Asosiy kasbiy yutuqlari____________________________________________________________
Yashash manzili_____________________________________________________ _______________
Ish manzili ______________________________________________________________________
Ish telefoni ____________________________________________________________________
Uy telefoni_______________________________________________________________________
Mobil telefoni _____________________________
Faks _________________________________
Maktabning elektron pochta manzili
Shaxsiy elektron pochta manzili
Internetdagi maktabning sayt manzili
Ishtirokchini portfoliosi joylashtirilgan intentetdagi sayt manzili
Pasport bo'yicha ma'lumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)__________________________________________________________________________

Respublika bosqichi uchun taqdim etilishi shart bo'lgan hujjatlar:
rangli rasm(3x4 hajmdagi 2 dona);
shaxsiy elektron pochta manzili;
mobil telefon raqami;
mukofotlari;
chet tilni bilishi (qaysi til, ko'rsatish);
men o'qituvchi bo'lib shuning uchun ishlayman...
AKT dars jarayonida shuning uchun foydalanaman…
mening maqsadim…
mening pedagogik dunyoqarashim…
mening qiziqishim (yozib ko'rsatish)

Men barcha bergan hujjatdagi ma'lumotlarni to'g'ri ekanligini tasdiqlayman.

“____” ________________ 2016 yil ________________________imzo

O'quvchilar bilan darsdan tashqari o'tkaziladigan mashg'ulotga buyurtma

Ishtirokchi-
ning ismi, familiyasi
Ta'limiy dasturi
Mashg'ulot mavzusi, cinfi
Mashg'ulot uchun kerakli texnik vositalar

“Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovining baholash mezoni

“Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovida kamida besh yil pedagogik ish tajribaga ega oliy ma'lumotli o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Ko'rik-tanlovni o'tkazish bosqichlari
“Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovi quyidagi bosqichlarda o'tkaziladi:
1-bosqich -umumiy o'rta ta'lim maktablarida: fevral oyida
2-boqich -tuman (shahar) miqyosida: mart oyida
3-bosqich viloyat miqyosida: aprel? oyida
4-bosqich Respublika miqyosida: may oyida

Ko'rik-tanlov o'tkazilishi belgilangan fanlar va yo'nalishlar ro'yxati
( fan va yo'nalishlar bo'yicha har 2 yilda bir marta o'tkaziladi)
Birinchi yili

Ikkinchi yili
Ona tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Nemis tili
Rus tili va adabiyoti (o'zbek va boshqa tillarda o'qitiladigan guruhlarda)
Fransuz tili
Rus tili va adabiyoti
Iqtisodiy bilim asoslari
Nemis tili
Davlat va huquq asoslari
Fransuz tili
Geografiya
Matematika
Biologiya
Tarix
Jismoniy tarbiya
Kimyo
O'zbek tili
Matematika
Tasviriy san'at,chizmachilik
Informatika
Boshlang'ich ta'lim
Fizika
Mehnat ta'limi
Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari
Musiqa
Boshlang'ich ta'lim

Ko'rik-tanlovning umumiy o'rta ta'lim maktabi, tuman, viloyat, Respublika bosqichi quyidagi tartibda o'tkaziladi
1-bosqich. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ko'rik-tanlov rahbariyat tomonidan o'qituvchilar jamoasi, ota-onalar ko'mitasi, kasaba uyushmasi bilan hamorlikda fevral? oyida tashkil etiladi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2 turda o'tkaziladi:
1 tur: Metodik portfolio.
O'qituvchi oxirigi uch yilda ishlab chiqqan eng yaxshi dars ishlanmasi, o'tkazilgan ta'limiy tadbir materiallari, matbuotda chiqqan metodik materiali,tuman, viloyat, respublika seminar, konferensiyadagi ma'ruza matnlari, to'garak mashg'ulot rejasi va ishlanmalarida ( har birining soni 5 tadan oshmasligi kerak) metodik portfolio yaratadi va hujjatlar bilan tashkiliy qo'mitaga taqdim etadi.
Metodik portfolio quyidagi mezonlar asosida 30 ball bilan baholanadi:
Portfolioda berilgan materiallarni har xil ko'rinishda taqdim etilishi (jadvalda, matnda, sxemalarda)-2 ball;
materiallardagi mazmuning terangligi va o'ziga xosligi – 4 ball;
metodik materiallardan va pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonida uchragan muammoning hal qilish yo'llarini ko'rsata olishi –6 ball;
yozma nutq talablariga rioya qilinganligi –4 ball;
dunyoqarashining kengligi -4 ball;
taqdim etilgan materiallarni o'quv jarayonida foydalanish uchun qimmatliligi – 6 ball;
materiallarning joylashtirilishi-2 ball;
portfolio dizayneri-2 ball.
2-tur: Ko'rik-tanlov ishtirokchisi tomonidan ochiq dars o'tkaziladi. Ishtirokchi ochiq dars mavzusi, turi va shaklini, shuningdek, sinflarni fan yo'nalishi va tayyorlagan mavzusidan kelib chiqqan holda tanlash huquqiga ega.(reglament: Dars 45 daqiqa, 10 daqiqa ko'rik-tanlov ishtirokchisining o'z darsini tahlil qilishi va hakamlar hay'atini savollariga javob berishga ajratiladi)
Dars jarayoni quyidagi mezonlar asosida 60 ball bilan baholanadi:
chuqur bilimga egaligi va mahoratini namoyish qila olishi – 8 ball;
qo'llagan texnologiya va metodlarni yangiligi, ifoda shakllarining ta'sirchanligi va natijaviyligi – 7 ball;
o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilarni baholash va takrorlash – 5 ball;
o'quvchilarning o'zaro fikr almashuvini tashkil etishi – 5 ball;
mavzuni ochishdagi usullarning o'ziga xosligi va yangi metodlardan foydalanishi–6 ball;
dars bosqichlarida turli manbalardan foydalanishi – 5 ball;
o'quvchilar faoliyatida motivasiya va intensivlikni hosil qilishi hamda jarayon oxirigacha saqlay olishi – 6 ball;
zamonaviy vositalardan samarali foydalanishi – 6 ball;
o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi – 5 ball;
darsning maqsadga erishganligi, samaradorligi – 5 ball;
vaqtning to'g'ri taqsimlanishi – 2 ball.
O'z darsini to'g'ri va aniq tahlil qilishi, o'quvchilarga berilgan bilimini o'zlashtirish natijasini aniq ifodalay olishi-10 ball.
Jami 70 ball.
Umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan ko'rik-tanlovning 2 tur natijalari bo'yicha 76 balldan yuqori ball to'plagan ishtirokchi birinchi o'rinini egallaydi va tuman bosqichida ishtirok etishga yo'llanma oladi.
2-bosqich:
Mazkur bosqich Tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limi tomonidan buyruq bilan tasliqlangan tashkiliy qo'mita tomonidan o'tkaziladi.
Ko'rik-tanlovning tuman bosqichi 2 turda o'tkaziladi.
1–tur. Sirtqi. 2-bosqich ishtirokchisi innovasion pedagogik loyiha yaratadi va ko'rik-tanlov tashkiliy ko'mitasiga belgilangan muddatda taqdim etadi. Loyihada umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining fanlarni o'zlashtirish sifatini oshirishda o'qituvchidagi muammolar va uning echimini ko'rsatib berishi lozim.
Loyihaning pasportida loyiha mavzusi, ishtirokchining manzili, loyihaning maqsad va vazifasi, loyihani amaliyotda qo'llashga oid vositalar, indikativ ko'rsatgichlar (natijalar) berilishi lozim.
Loyiha Ms Word da, Times New Roman, kegl?-14, hoshiya o'lchovi chap tomondan 2 sm, qolgan tomonlari 1,5 sm bo'lgan holda 8 betdan oshmagan holda 1,5 intervalda taqdim etiladi.
Baholash mezoni
Mezon
Ko'rsatkichlar
Ball
Matnning tili
Uslubiy, grammatik savodxonligi
4 ball
Tadqiqotchilik faoliyati
Holatning har xil vaziyatini tahlil qila olish
4 ball
Vaziyatga xulosa berish
4 ball
Ishni yaxshilash uchun aniq bajariladigan ish rejasini ko'rsata olganligi
2 ball
Maqsadni qo'ya olishi va maqsad asosida kutilayotgan natijani aniq belgilab berishi
2 ball
Kommmunikativ madaniyati
Ish tajribasini aniq yorita olish ko'nikmasi
5 ball
Savollarni shakllantirilishi va unga javoblarni berilishi
5 ball
Dolzarb muammolarni hal qilinishi
Loyihaning ta'lim sifatini oshirishdagi rolini isbotlay olishi
6 ball
Muammolarni hal qilish yo'llarini ko'rsata olganligi
6 ball
Ko'rsatilgan muammolarni hal qilish yo'llarini ta'limda foydalanish mumkinligi
6 ball
Natijaviyligi
Loyihaning maqsadini aniq ko'rgazmali bajarilishi
5 ball
Natijaga erishish uchun aniq takliflarni berilishi
5 ball
Berilgan takliflar o'quvchilarning madaniyatiga, ongiga ta'sir etganlik darajasi
2 ball
Loyihaning ijodiyligi va o'ziga xosligi
4 ball

JAMI:
60 ball
Birinchi turda 50 baldan past ball to'plagan ishtirokchi ikkinchi turda qatnashmaydi.

2-tur: Muhim metodik muammollarni hal qilishga oid taqdimot (Ish tajribasi)
“Men o'qituvchiman” shiori asosida o'qituvchi-ishtirokchi 7 daqiqagacha filosofik qarashi, o'qituvchining ta'lim berishdagi o'rni, jamiyatning taraqqiyotidagi roli, o'zining faoliyatidagi pedagogik tamoyili, sifatli ta'lim berishga yondashuvi, ta'lim berishdagi metodik muammolari va ularning echimiga oid taqdimot qiladi.
Baholash mezoni
Mezon
Ko'rsatkichlar
Ball
Mavzuning muhimligini asoslay olganligi
Kasbiy bilimdonligi va unga keng ko'lamda qarashi
4 ball
Ta'limni rivojlanishida metodikaning ta'sirini ko'ra olish qobiliyati
4 ball
O'qituvchilik kasbini o'ziga xosligini yorita olishi
Ta'limda metodikadan o'rinli foydalanishda o'qituvchining rolini ko'rsata olishi
2 ball
Muhim metodik muammolarni to'g'ri tanlaganligi
4 ball
Ta'lim oluvchiga shaxs sifatida karashligini e'tiborga olinganligi
3 ball
Fikrini asoslab bera olishi
3 ball
Fikrini xulosalashi va umumlashtirib berishi
2 ball
Muammolar shakllantirish ko'nikmasi va uning echimini topa olishi
Muammolarni aniq va asosiylarini shakllantira olishi
2 ball
Noan'anaviy echim yo'llarini ko'rsata olishi
4 ball
Refleksiya (o'zini anglash jarayoni)
O'z faoliyatining mazmunini anglab, tahlil qila bera olishi
3 ball
Ta'limga o'z tamoyillari bilan qarashi va tahlili
3 ball
Bayon qilishi
Noan'anaviy badiiy bayon qilishi
3 ball
Maqsadning aniq ifodalashi
3 ball

Jami :
40 ball
Tuman bosqichining 2 ta turi natijasi bo'yicha 76 baldan yuqori ball to'plagan ishtirokchidan bir nafari viloyat bosqichida qatnashadi.

Ko'rik-tanlovning viloyat, respublika bosqichi 4 turda o'tkaziladi:
1-tur (sirtqi). “Internet- axborot manbai”
Viloyat bosqichida ko'rik-tanlov ishtirokchisi o'z portfoliosini yaratib tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limi yoki umumiy o'rta ta'lim maktabi saytiga umumiy o'rta ta'lim maktabining birinchi bosqichidagi metodik portfoliosi, ochiq dars ishlanmasi, ikkinchi (tuman) bosqichdagi “Innovasion pedagogik loyiha”, muhim metodik muammollarni hal qilishga oid ish tajribadan taqdimotini hakamlar hay'ati taqrizlari bilan joylashtiradi.
Respublika bosqichida ko'rik-tanlov ishtirokchisi viloyat bosqichidagi “Pedagogik ish tajribasini yozma bayon etish”matnini, «Darsdan tashqari mashg'ulot» va ochiq dars ishlanmasi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi saytiga hakamlar hay'ati xulosalari bilan joylashtiradi.
Internet saytning manzili ishtirokchining taqdim etgan hujjatlarida ko'rsatiladi.
Hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan saytga qo'yilgan materiallar ko'rib chiqiladi va quyidagicha baholanadi.
Baholash mezoni
Mezon
Ko'rsatkichlar
Ball
Axborotlarning to'laligi
Taqdim etilgan axborotlar soni
0-1 ball
Taqdim etilgan axborotlarning ta'limiy va metodik ahamiyati
0-1 ball
Mazmundorligi
0-1 ball
Metodik savodxonligi
0-1 ball

Foydalanishga qulayligi
Nutqiy madaniyati
0-1 ball
Foydalanvchilarga berilgan ko'rsatmalar va bo'limlarga taqsimlanishi
0-1 ball
Axborotning
muhimligi
Axborotlarni me'yoriy hujjatlar asosida berilishi
0-1 ball
Axborotlarni yangiligi va muhimligi
0-1 ball
Dizaynini o'ziga xosligi
Ranglarni berilishi
0-1 ball
Materiallarni madaniy taqdim etilishi
0-1 ball

JAMI:
10 ball

2-tur. Pedagogik ish tajribasini yozma bayon etish
Bu jarayonda ishtirokchi komp?yuter texnikasidan foydalanib DTS talablariga asoslangan holda o'z pedagogik ish tajribasidan (dars o'tish shakllari, qo'llayotgan metodlar, o'quvchining bilimini baholash usullari, ko'rsatmali vositalardan foydalanishi, o'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish jarayoni, yangi mavzuni tushuntirish yo'llari, uyga vazifa berish va uni baholash, tekshirish yo'llari kabilar) matn yaratadi.
Jarayon hakamlar hay'ati tomonidan kuzatiladi. Matn tayyorlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
Baholash mezoni
dolzarbligi – 2 ball;
natijaviyligi – 3 ball;
amaliy ahamiyati -3 ball;
tajribada yangiliklarning ifodalanishi -3 ball;
taqdim etilgan ish tajribaning mantiqiy tuzilishi -2 ball;
mazmuni mavzuga mosligi -3 ball;
berilgan materiallarning aniqligi -2 ball;
tahlil qilish ko'nikmasi, innovasion g'oyalarni o'z faoliyatida foydalanishi-3 ball;
savodxonligi -2 ball.
Komp?ter texnikasidan foydalana olishi -2 ball.
Jami: 25 ball.
Bayon qilingan materiallar kimnidir ish tajribasdan ko'chirilgan bo'lsa, ishtirokchini ishi tekshirilmaydi va ko'rik-tanlovdan chiqarib yubriladi va hakamlar hay'atining dalolatnomasi tuziladi.
Birinchi va ikkinchi turda 30 va undan yuqori ball to'plagan ishtirokchilar uchinchi turda qatnashadi.
3- tur: Ko'rik -tanlov topshirig'i. «Darsdan tashqari mashg'ulot» o'tish.
Darsdan tashqari mashg'ulot mavzusi va shakli qaysi sinf o'quvchilari bilan o'tkazilishi ishtirokchi-o'qituvchi tomonidan belgilanib, tashkiliy qo'mitaga taqdim etilgan talabnomada ko'rsatiladi hamda darsdan tashqari mashg'ulot ishlanmasi taqdim etiladi. Mashg'ulot reglamenti: 20 daqiqa.
Baholash mezoni:
mashg'ulot o'tishga tanlangan mavzuning muhimligi-2 ball;
ta'limning maqsad va vazifasini amaliyotda namoyish qila olishi- 4 ball;.
o'quvchilarda muhokama qila olish qobiliyati va tayanch kompetensiyalarini shallantirishda samaradorlk erisha olganligi -5 ball;
o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro aloqasini tashkil etishi-3 ball;
ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog'lanishi, ko'rsatmali vositalar bilan jihozlanishi- 3 ball;
mashg'ulotning xususiyatiga mos metod va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi -4 ball;
mashg'ulot mazmuniga qarab xalqimiznig boy ma'naviy merosidan, ma'naviy qadriyatlaridan samarali foydalanishi-2 ball;
taqdimot madaniyati-2 ball
Jami- 25 ball.

3 ta tur natijasi bo'yicha 50 balldan kam to'plagan ishtirokchilar ko'rik-tanlovning 4-turiga qo'yilmaydi.
4 -tur. Ko'rik-tanlov ishtirokchisi notanish maktablardan birida notanish sinfda notanish mavzu bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni qo'llagan holda 40 daqiqada dars o'tadi (dars mavzusi va sinfi bir kun oldin qur'a tashlash yo'li bilan aniqlanadi). Jami -40 ball.
Dars jarayoni quyidagi mezonlar asosida 40- ball bilan baholanadi:
Mezon
Ko'rsatkichlar
Ball
Nutq va axborotlarni berish savodxonligi

Mavzuning mazmunini keng ko'lamda bilishi. terminlarni, belgi va ishoralarni ilmiy nuqtai nazardan tushuntira olishi
0-1 ball
O'quvchilar yoshiga mos holda axborotlarning hajmini to'g'ri tanlaganligi va tushuntira olishi
0-1 ball
AKTdan foydalanishi ko'nikmasi
0-1 ball
O'qituvchining nutq madaniyati va o'quvchilarning nutq madaniyatini dars jarayonida o'stirishi
0-1 ball
Har xil manbalarni qo'llashi (matnli, grafik, elektron)
0-1 ball
Natijaviyligi
Fan mazmunini tushuntirishda erishgan natijaviyligi
0-1 ball
Qo'yilgan mummolarni hal qilishda erishgan natijaviyligi
0-1 ball
O'quvchilarni fikrlashga undashi
0-1 ball
Darsni reja asosida olib borishi
0-1 ball
Metodik mahorati va ijodkorligi

Dars jarayonida metodlar, usullardan o'rinli foydalanishi
2 ball
O'qituvchining metod va usullardan foydalanishini yangiligi o'ziga xosligi
2 ball
O'quvchilarning o'zaro fikr almashuvini tashkil etishi
0-1 ball
Mavzuni bayon etishda har xil shakl va vositalardan foydalanishi
0-1 ball
Mavzuni ochishdagi usullarning o'ziga xosligi va yangi metodlardan foydalanishi
0-1 ball
O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi
0-1 ball
Ta'lim olishga qiziktira olishi
Har xil motivasiya usullaridan foydalanishi
0-1 ball
Do'stona muhitni tashkil etishi
0-1 ball
Muammoli vaziyatni hosil qilishi va uni echimini topishga o'quvchilarni qiziqtirishi
0-1 ball
O'quvchilar faoliyatida motivasiya va intensivlikni hosil qilishi hamda jarayon oxirigacha saqlay olishi
0-1 ball
Baholashi
Ochiq oydin asoslangan baholashi
0-1 ball
Baholashning har xil usularidan foydalanishi
0-1 ball
Baholash mezoniga rioya qilishi
0-1 ball
Darsni tashkil etish madaniyati
Topshiriqni bajarilishini tushuntira olishi
0-1 ball
Darsda hamkorlikda ishlashlari bo'yicha ko'rsatmalarni aniq berishi
0-1 ball
O'quvchilarga indivudial yondashuvi
0-1 ball
Darsning natijaviyligini to'g'ri tahlil qila olishi va baholashi
0-1 ball
O'quvchilar bilan aloqasi
O'quvchilarga berilgan savollarning to'g'ri tuzilganligi
0-1 ball
Har xil manbalar bilan ishlashga o'quvchilarni jalb qila olishi
0-1 ball
O'quvchilar bilan muloqoti
0-1 ball
Maqsadga yo'naltirilishi
Darsning tarbiyaviy tomoniga ta'siri
0-1 ball
O'quv maksadga o'quvchilarni yo'naltirishi
0-1 ball
O'quvchilarni mustaqil ijodiy ishlashlarni qo'llashi
O'quvchilarni mustaqil ishlashlari uchun interfaol usullaridan foydalanishi
2 ball
Dars jarayonida o'quvchining fikrini hurmat
qilishi
0-1 ball
Guruh bo'lib topshiriqlarni bajarishga jalb qilishi
0-1 ball
Ishtirokchini o'z darsiga baho berishi
Ishtirokchining o'tgan darsini o'zi
to'g'ri tahlil qila olishi va natijaviyligiga baho berishi
3 ball

JAMI:
40 ball
Umumiy ball – 100 ball.
G'oliblar 4 ta turdan Respublika bosqichida 76 baldan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan ishtirokchilar bir nafari 1-o'rin, bir nafari ikkinchi, bir nafari uchinchi o'rin etib belgilanadi.

Close